Çekişme:Özbekçe türkçe çeviri

Page contents not supported in other languages.
Wikipediýa, erkin ensiklopediýa

Majnunning Laylisi Podshohlardan biri Majnunning ishq ko‘yida dali devona bo‘lib, cho‘llarda sarson kezishidan Layliga ko‘p qiziqar edi. Laylini topib, huzuriga keltirishlarini buyurdi. Laylini shoh huzuriga keltirdilar. Podshoh Layliga razm solarkan qorachadan kelgan, sirtdan oddiy kanizakdan farqi yo‘q bir oddiy qizni ko‘rdi. Shunda u Layliga qarab: -Majnunni ishqing-la devona qilib, tog‘larda, cho‘llarda sarson etgan Layli senmisan? Ajabo, go‘zallikda seni boshqalardan hech bir ortiq joying yo‘q. Oddiy bir ayoldan ham farqing bilinmaydi. Shunday ekan, qanday qilib Majnun ko‘yingda devona bo‘ldi? Layli hech ikkilanmay javob berdi: -Podshohim, boshqa gapirmang. Chunki siz Majnun emassiz. Mendagi go‘zalliklarni ko‘ra olishingiz uchun sizga Majnunning ko‘zlari kerak bo‘lur,– dedi. Podshoh bu mantiqli so‘zlar qarshisida taslim bo‘lib, sukutda qoldi.